UEFA EChLning mini-turnirini o'tkazmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293
UEFA EChL-19/20 mavsumini avgust oyi oxirigacha yakunlamoqchi, shu sababli, reglamentga o'zgartirish kiritishni o'ylamoqda.
Evropa Chempionati 2021 yilgacha qoldirilgani sababli, UEFA uchun EChLni yakunlash imkoniyati tug'ildi. Angliya OAVsining ta'kidlashicha, UEFA ichki chempionatlarni 3 avgustga qadar yakunlamoqchi va shundan so'ng qisqartirilgan tartibda EChL o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Bu mini-turnir bo'ladi, biroq hali reglament haqida ma'lumot berilmayapti. Evropa Ligasi ham mana shunday tartibda o'tkazilishi ko'zda tutilmoqda. Ushbu mini-turnir qisqa muddat ichida, deyarli tanaffussiz o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
UEFA evrokuboklarning 1/8 va 1/4 final o'yinlari qay tartibda o'tkazilishi haqida hali ma'lumot bermadi.
Shuningdek, hozircha barcha o'yinlar muxlislarsiz o'tkazilish varianti ham ko'rib chiqilmoqda.