A seriyaning boshlanish vaqti aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 614
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Garbirele Gravina may oyi so'ngida A seriyaning qayta boshlanishiga ishonmoqda.
"A seriyaning boshlanish kuni? 20 may. Biz 20 mayda mavsumni qayta boshlab, iyul oyida yakunlashni istaymiz. Lekin hozircha bu gipoteza.
Keyingi mavsum taqvimiga o'zgartirish kiritmaslik uchun biz shunday bo'lishini istaymiz", – dedi Gravina "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, UEFA 1 aprel kuni bo'lib o'tgan videokonferentsiyada milliy assotsiatsiyalarga mavsumni 3 avgustgacha yakunlash kerakligini ta'kidladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!