Xayrulla Hamidov: "Bosniyalik olmos"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227
Bugun ikkinchi aprel.
1990 yili tug'ilgan Miralem Pyanich ayni paytda dunyoning eng yaxshi pleymeykerlaridan biri. Yuventus klubi markazi topshirilgan. Yuve u bilan o'zini xotirjam his qiladi. To'g'ri, Sarri boshchiligidagi klubda bosniyalik iqtidor o'z iqtidorini yuz foiz ko'rsata olmayapti, ammo qobiliyati borasida hech kimda shubha qoldirmagan. Romadagi supero'yinlari, so'ng Italiyaning bosh jamoasidagi faoliyati bilan, albatta.
Pyanichning yoshligi og'ir kechgan. Yoshligi Bolqondagi urush yillariga to'g'ri kelgani uchun 3-divizionda omadsiz futbolchi bo'lgan otasi bilan Lyuksemburgga ko'chib o'tishadi. Hatto o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida Lyuksemburg tarkibida o'ynagan ham.
Italiyaga kelguniga qadar Frantsiya divizionida – Mettsda, so'ng Olimpikda o'ynagan. Realga 2010 yili ajoyib gol kiritib, hammaning e'tiboriga tushgan. O'sha kuni Marsel klubi uning goli evaziga keyingi bosqichga yo'l olgandi.
Romada besh yil o'ynadi. 2016 yildan buyon Yuventusda.
U musulmon. Edin ismli o'g'li bor. Pyanich bosniya tilidan tashqari besh tilda gaplasha oladi: lyuksemburg, frantsuz, ingliz, nemis va italyan tillarida. Kelajakda uni ajoyib murabbiy sifatida ko'ryapman.
E'tiboringizga Pyanich ijrosidagi fintlar va gollarni taqdim etamiz.