«Barselona» hujumchisiga APLdan xaridor chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273
Hujumchi Martin Braytveyt Luis Suaresning jarohati sababli qishki transfer oynasida "Leganes"dan "Barselona"ga ko'chib o'tgan edi, ammo u ushbu yozda "Kamp Nou"ni tark etishi mumkin.
Daily Mail xabariga ko'ra, "Vest Xem" 28 yoshli Deynga qiziqish bildirmoqda va futbolchi uchun 15 mln funt (taxminan 17 mln evro) taklif qilishga tayyor.
Ta'kidlanishicha, "Everton" ham futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda Martin Braytveyt La Ligada 27 ta uchrashuvda, 6 ta gol va 1 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Manba: Daily MailFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!