«Bavariya» Myuller bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221
"Bavariya" rahbariyati yarim himoyachi Tomas Myullerga ishonishda davom etmoqda va u bilan shartnomani uzaytirish uchun muzokaralarni boshladi.
Jurnalist Kristian Falkning so'zlariga ko'ra, Myunxen jamoasi 30 yoshli yarim himoyachi bilan 2023-yilning yozigacha yangi shartnoma borasida kelishib oldi.
Oldinroq, "Bavariya" Manuel Noyer bilan shartnomani uzaytirishi haqida xabar berilgandi, ammo so'nggi muzokaralar tajribali darvozabonning yangi shartnoma shartlariga qo'ygan talablari tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.
Manba: Goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!