«Navbahor» nazorat uchrashuvida «Istiqlol»ni engdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18426
Yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan jamoalar sekin-asta sinov-nazorat bahslarida maydonga tushishmoqda.
Bugun Namangandagi “Dinamo” stadionida “Navbahor” va Farg'onaning “Istiqlol” klublari o'rtasida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi. Qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda namanganliklarning qo'li baland keldi – 2:1.
“Navbahor” safida Igor Golban hamda Zafar To'raev raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lishdi. “Istiqlol” tarkibida esa Ulug'bek Xudoberdiev muvaffaqiyat qozondi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!