O'zbek klublari qancha muddatda to'liq xususiylashtirilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281
51O'zbekiston professional ligasi bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev o'zining telegramdagi kanali orqali o'zbek klublari qancha muddatda to'liq xususiylashtirilishi haqida ma'lumot berdi.
Futbol klublarini xususiylashtirish haqida ko'p gapiramiz. Bunda ikki yo'ldan birini tanlab olish mumkin: revolyutsiya yoki evolyutsiya. Birinchi yo'lda tabiiyki, davlat futbol klublarini moliyalashtirishni 2021 yildayoq to'xtatishi shart.
O'zbekiston hukumati bunda ikkinchi yo'lni afzal bildi, ya'ni, step by step. 2020 yil bu yo'ldagi dastlabki qadamlar tashlangani bilan yodda qoladi. Endilikda biz Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorlikda ishlaymiz. Bu hamkorlik PF-5887 bilan bevosita bog'liq. Bundan buyog'iga futbol klublarining faoliyati to'la nazoratda bo'ladi. Ular O'FA hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi oldida hisobdor bo'ladi.
Sir emaski, OFK futbol klublarini yilda ikki bor audit tekshiruvidan o'tkazishni talab qiladi. Ya'ni, xususiy futbol klublari ham o'zlari ishtirok etadigan ligaga moliyaviy majburiyatlar yuzasidan hisob beradi. Bizda esa uzoq yillar davomida futbol klublari davlat tomonidan moliyalashtirilganiga qaramay, hech kimga hisob bermagandi. Parokandalikning asl sababi ham mana shunda bo'lgan. Buyog'iga vaziyat to'la o'zgaradi. Hammasi to'g'ri yo'ldan ketsa, futbol klublari davlat pulini o'zlashtirish ob'ekti bo'lmaydi, ular bosqichma-bosqich aktsionerlik jamiyatlariga aylantiriladi yoki o'zining haqiqiy egalarini topadi. Qisqa qilib aytganda, 10 yil ichida davlatning futbol klublarini moliyalashtirishi to'la yakuniga etadi. Mana shu muddat ichida biz tom ma'nodagi professional futbol klublari sonini ko'paytirishimiz va ularni o'z egalariga topshirib, qutilishimiz kerak.