Siyosatchi Ronaldu haqida: "Bu hayvonni Portugaliyadan yo'qoting"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 465
Portugaliyalik siyosatchi Rafael Masedu feysbukdagi sahifasida karantinni buzgan Ronaldu haqida g'azabnok fikr qoldirdi.
"Bu hayvon Italiyadan uchib kelib, uyda o'tirishi kerak. Aks holda, Portugaliyadan yo'qotish lozim buni”, - deb yozadi Masedu.
Keyinchalik amaldor uning sahifasi buzilganligini va Ronalduga hech qachon bunday yozmaganligini aytdi.
"Ushbu voqea uchun Ronaldu va uning oilasidan uzr so'rayman. Men parollarni doimiy ravishda o'zgartiraman, lekin bu har doim ham yordam bermaydi. Xakerlar hamma joyda bor, shuning uchun ehtiyot bo'lish kerak. Men hech qachon Ronaldu haqida bunday gaplarni aytmayman, chunki uning muxlisiman", – deb yozdi keyinchalik Masedu.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!