«Barselona» mavsumni muxlislarsiz o'tkazishni istamayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu mavsumni davom ettirish variantlari haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Maydonga qancha erta qaytsak, shuncha yaxshi. Hozir mavsumni 30 iyungacha boshlab, iyul yoki avgustda yakunlash variantini ko'rib chiqyapmiz. Bu borada muammo yo'q. "Barselona" bo'sh stadionda yoki har ikki kunda bitta o'yin o'tkazishni istamaydi.
Mavsumni muddatidan oldin yakunlash haqida qaror qabul qilinsa nima bo'ladi? Bunga rozi bo'lishimizga to'g'ri keladi. "Barselona" muxlislar bilan o'ynashni istaydi. Yozni bo'shatish uchun hattoki Evropa chempionati ham keyingi yilga ko'chirildi", – dedi Bartomeu.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!