Rasman: Engil atletika bo'yicha Jaxon chempionati 2022 yilga qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334
Bugun World Athletics rasmiy saytida habar berilishicha, shu yilning 6-15 avgust kunlari AQShning Oregon shtatida o'tkazilishi rejalashtirilgan dunyo birinchiligi 2022 qoldirildi.
Mutasaddilarning bunday qaror qabul qilishlariga asosiy sabab Tokio-2020 Olimpiadasining 2021 yilga ko'chirilishi bilan bog'liq. Shu sababdan chempionat xam bir yilga kechiktirildi.
“Biz Yaponiya rahbariyati va Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasining Olimpiadani 2021 yilda o'tkazilishi bilan bog'liq qarorini to'liq qo'llab-quvvatlaymiz. Bu vaqt sportchilar uchun ayni muddao. Negaki ular o'zlarini sport formalarini to'liq tiklab olish va mashg'ulotlar bilan yanada ko'proq shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Biz barchamiz kelishgan holda, bir-birimizni tushunishimiz lozim. Hozirgi paytda biz aynan shu shior bilan, Oregon shtatida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan JChning yangi sanasini tashkiliy qo'mita bilan ko'rib chiqmoqdamiz”, – deb fikr bildirishdishdi Butunjaxon engil atletika federatsiyasi mutasaddilari.
Manba: olympic.uz