APL mavsumni yakunlash uchun yangi joy topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334
The Independent portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, APL rahbariyati bu yilgi mavsumni yakunlash uchun turli xil variantlarni ko'rib chiqmoqda.
O'sha variantlardan biri - chempionatning qolgan 92 ta o'yinini iyun-iyul oylarida Lonlon va boshqa shaharlardagi mashg'ulot maydonlarida o'tkazilish rejalashtirilmoqda. Mavsum katta tezlikda muxlislarsiz o'tkazilishi, lekin to'laqonli TV translyatsiya bilan yakunlanishi ko'zda tutilgan.
O'yinlar har kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun maxsus strategiya ishlab chiqiladi. Unda har bir jamoa boshqa jamoalardan ajratilib, o'z sport qarorgohlarida karantinga olinadi.
Futbolchilar o'z oilalari bilan muloqotda bo'lishmaydi, shuningdek, boshqalarga xavf tug'dirmasliklari uchun har kuni test sinovlaridan o'tkaziladi. Xuddi shunday taqdir futbolchilardan tashqari, rasmiylarni va TV xodimlarini ham kutadi.