UFC. Fergyusson 18 aprel kuni jang qiladi, lekin Habib bilan emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jangi bo'lmasligi haqida fikr bildirdi.
“Qanday qilib tayyorgarlik olib borishni bilmayman. Chegaralar yopiq, butun dunyo karantinda. Menga UFC 18 aprel kungi kechani AQShning shtatlarida o'tkazmoqchi ekanligini ma'lum qilishdi. Ayni vaqtda Rossiyadan chiqib keta olmayman.
Shu sababli kecha mensiz o'tishi haqida fikrlar bor. Men esa bunga qarshi emasman. Chunki sportchi janglardan pul ishlab olishi kerak. Bilishimcha, Toni boshqa raqibga qarshi jang o'tkazadi”,-degan Xabib.
Manba: Olamsport.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!