"Manchester Siti" Gvardiolaning o'rniga yangi murabbiy topib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 406
Angliyaning "Manchester Siti" klubi rahbariyati agar jamoani bosh murabbiy tark etadigan bo'lsa, uning o'rniga boshqa mutaxassis topib qo'ydi.
The Athletic portali tarqatgan ma'lumotga qaraganda, "Manchester Siti"ni Xosep Gvardiola tark etadigan bo'lsa, uning o'rnini Frantsiyaning "Nitstsa" klubi bosh murabbiyi Patrik Vieyra egallaydi.
Manbaning bergan ma'lumotiga qaraganda, Vieyra "shaharliklar"ni boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlar orasida etakchilik qilmoqda.
Avvalroq, Gvardiolaga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgandi. Lekin, ispaniyalik mutaxassis "shaharliklar" bilan 2021 yilgacha tuzilgan shartnomasi o'z yakuniga etgungacha qadar ishlash niyatida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!