«Barselona» katta miqdorda zarar ko'rish arafasida turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 280
Koronavirus futbol klublarning moliyaviy ishlariga salbiy ta'sir ko'rsatishni boshladi.
Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Barselona» koronavirus epidemiyasi tufayli 100 million evro miqdorida moliyaviy zarar ko'rishi mumkin. Kataloniya klubi chiptalar sotuvidan, translyatsiya, EChL bonusi va atributikalar savdosidan jiddiy zarar ko'radi.
Qayd etilishicha, agar EChL tiklanmasa ehtimoliy zarar 20-25 million evrogacha oshishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!