Smertin Mourino bilan dastlabki uchrashuvini esga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223
Londonning "Chelsi" klubi sobiq futbolchisi Aleksey Smertin 2004 yili jamoaga bosh murabbiy bo'lib kelgan Joze Mourino bilan dastlabki uchrashuvini xotirladi.
"Mourino AQShdagi tijoriy turnirdagi birinchi uchrashuvdan keyin o'ziga xos bo'lib tuyuldi. U bizni yig'da va "Yigitlar, Sizlar eng kuchli chempionatda, kuchli klubda o'ynayapsizlar va Sizlar top darajadagi futbolchisizlar. Ammo, biz hech narsa yutmadik, bu erga yutish uchun keldik. Keyingi o'yindan boshlaymiz", – degandi deya xotirlaydi Smertin "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida.
57 yoshli Mourino "Chelsi" klubini 2004 yildan 2007 yilgacha, shuningdek, 2013 yildan 2015 yilgacha boshqargan edi. "Aristokratlar" uning qo'l ostida uch marta Angliya chempionligini, uch marotaba Angliya Liga Kubogini, bir marta Angliya Kubogini va Angliya Superkubogini yutgan.