Italiya sport vaziri: "A Seriyaning o'zgarishini kutyapman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218
Italiya hukumati mamlaktda sportni rivojdantirish uchun 400 million evro ajratadi. Bu haqda mamlakat sport vaziri Vinchentso Spadafora aytib o'tdi.
- Italiya chempionatini 3 may kuni tiklash - noreal. Ertaga barcha sport turlari tanaffusini aprel oyining oxirigacha uzaytirish taklifini o'rtaga tashlayman. Olimpiadadan oldin ruxsat berilgan mashg'ulotlar bo'yicha choralar ko'riladi. Sport — faqat futbol emas, futbol — faqat A Seriya emas. Hukumat ommaviy sportni rivojlantirish uchun 400 million evro ajratadi. Bu qayta tug'ilish mexanizmi bo'ladi. A Seriyaning o'zgarishini kutyapman. Juda ko'plab klublar pufakda yashashmoqda. Ular bu inqirozdan keyin avvalgidek bo'lishi mumkin emasligini tushunishlari kerak— sport vazirining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda La Repubblica.