«Paxtakor» bilan eng ko'p o'yin o'tkazgan murabbiylar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 286
«Paxtakor» tarixiga oid turli ma'lumotlarni e'tiboringizga taqdim qilishda davom etamiz.
O'zbekiston chempionatlari tarixida «Paxtakor»ni boshqargan murabbiylarni esga olib o'tamiz. Ayni paytda faoliyat yuritayotgan Shota Arveladze milliy chempionatlarda jamoamizda ishlayotgan 23-bosh murabbiy sanaladi. 1992 yilgi ilk chempionatni "Paxtakor" Ahrol Inoyatov qo'l ostida boshlagan va u jamoamizni ilk bor chempionlikka olib kelgan. Quyida murabbiylar bilan ularning oliy ligada "Paxtakor" bilan o'tkazgan o'yinlari statistikasi ketma-ketligida tanishib olishingiz mumkin.
1. Ravshan Haydarov - 104
2. Viktor Jalilov - 93
3. Shota Arveladze (Gruziya) - 75
4. Aleksandr Ivankov - 73
5. Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston) - 64
6. Murod Ismoilov - 52
7. Samvel Babayan - 44
8. Ahrol Inoyatov - 43
9. Xans Ferel (Gollandiya) - 37
10. Bahodir Ibrohimov - 30
11. Vega Da Silva (Braziliya) - 30
12. No''mon Hasanov - 25
13. Grigoriy Kolosovskiy - 24
14. Viktor Borisov - 22
15. Grigoriy Tseytlin - 21
16. Sergey Butenko (Rossiya) - 21
17. Valeriy Nepomnyashiy (Rossiya) -19
18. Rustam Akramov - 15
19. Deyan Jurjevich (Serbiya) - 13
20. Ahmad Ubaydullaev - 9
21. Jasur Abduraimov - 7
22. Miodrag Radulovich (Chernogoriya) - 7
23. Vitaliy Suyunov - 4