Agar mavsum yopilsa...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292
UEFAga a'zo aksariyat milliy assotsiatsiyalar qaramog'idagi chempionatlar taqdiri mavhumligicha qolmoqda. Tasavvur qiling, agar UEFA joriy mavsumni hozirgi holatida yopishga qaror qilsa, nima bo'ladi? Ya'ni qaysi klublar chempionlikni nishonlaydi, evrokuboklar yo'llanmalari kimlarga nasib etadi?
Ispaniyaning eng obro'si baland nashrlaridan biri AS oldinroq UEFA agar o'yinlarni davom ettirish iloji topilmasa, barcha chempionatlarning hozirgi natijasini rasman tan olib, mavsumni yopishi mumkinligi xususida ma'lumot tarqatgan edi. Ushbu g'oyaga muvofiq, ayni payt turnir jadvalining 1-o'rnida borayotgan klublarga chempionlik maqomi beriladi. Evrokuboklar yo'llanmalari ham ayni shu qoida bo'yicha taqsimlanadi. Koronavirus tahdidi pasaymasa, shunday stsenariyning yuzaga kelishi ehtimoli yo'q emas. To'g'ri, bu g'ayrioddiy echim, ammo zamirida ozgina asos ham bor. Qiziq, Evropa milliy chempionatlari tahlili natijasi qanday? UEFA chindan ham, mavsumni yopish haqida qat'iy qaror qabul qilsa, qit'adagi 20ta kuchli birinchilik yakuni qanday natijalarni taqdim etadi.
MAVSUM-2019/2020: EHTIMOLIY ChEMPIONLAR
Ispaniya — «Barselona» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 2 ochko)
Angliya — «Liverpul» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 25 ochko)
Italiya — «Yuventus» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 1 ochko)
Frantsiya — «PSJ» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 12 ochko)
Germaniya — «Bavariya» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 4 ochko)
Rossiya — «Zenit» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 9 ochko)
Portugaliya — «Portu» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 1 ochko)
Belgiya — «Bryugge» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 15 ochko)
Ukraina — «Shaxtyor» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 13 ochko)
Turkiya — «Trabzonspor» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — yo'q. «Istanbul Bashakshehir» va «Trabzonspor» teng miqdorda ochko to'plagan, faqat ikkinchisi o'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlikka ega)
Niderlandiya — «Ayaks» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — yo'q. AZ va «Ayaks» teng miqdorda ochkoga ega, faqat ikkinchisi to'plar nisbati bo'yicha ustunlikka ega)
Avstriya — LASK (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 3 ochko)
Chexiya — «Slaviya» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 8 ochko)
Gretsiya — «Olimpiakos» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 14 ochko)
Xorvatiya — «Dinamo» Zg. (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 18 ochko)
Daniya — «Midt'yulland» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 12 ochko)
Shveytsariya — «Sankt-Gallen» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — yo'q. «Yang Boyz» va «Sankt-Gallen» teng miqdorda ochko to'plagan, faqat ikkinchisi o'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlikka ega)
Kipr — «Omoniya» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — yo'q. «Anortosis» va «Omoniya» teng miqdorda ochko to'plagan, faqat ikkinchisi o'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlikka ega)
Serbiya - «Tsrvena Zvezda» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 11 ochko)
Shotlandiya — «Seltik» (eng yaqin ta'qibchi bilan farq — 13 ochko)
Xo'sh, AS «teoriya»si ish bersa, evrokuboklarga qaysi klublar chiqadi? Quyidagi jadvalda «Manchester Siti»ning oldiga taqiq qo'yilgani e'tiborga olingan.
MAVSUM-2019/2020: EVROKUBOKLAR MASALASI
Assotsiatsiya |
ChL guruh bosqichida o'ynashi aniq klublar |
ChL yoki ELga chiqadigan klublar |
EL guruh bosqichida o'ynashi aniq klublar |
Ispaniya |
«Barselona», «Real», «Sevilya», «Real Sosedad» |
- |
«Xetafe», «Atletiko» |
Angliya |
«Liverpul», «Lester», «Chelsi», «MYu» |
- |
«Vulverxempton», «Sheffild Yunayted» |
Italiya |
«Yuventus», «Latsio», «Inter», «Atalanta» |
- |
«Roma», «Napoli» |
Germaniya |
«Bavariya», «Borussiya» D., «RB Leyptsig», «Borussiya» M. |
- |
«Bayer», «Shalke» |
Frantsiya |
«PSJ», «Marsel» |
«Renn» |
«Lill», «Reyms» |
Rossiya |
«Zenit», «Lokomotiv» |
«Krasnodar» |
«Rostov» |
Portugaliya |
«Portu» |
«Benfika» |
«Braga» |
Belgiya |
«Bryugge» |
«Gent» |
«Sharlerua» |
Ukraina |
«Shaxtyor» |
«Zarya» |
«Dinamo» K. |
Turkiya |
«Trabzonspor» |
- |
«Galatasaroy» |
Niderlandiya |
- |
«Ayaks» |
«Feyenoord» |
Avstriya |
- |
LASK |
«Rapid» |
Ushbu g'oyada eng katta bahs-munozara ko'taradigan masala - bu ligadan tushib ketish tizimi. Deylik, Britaniyaning sport tabloidi Sky Sports xabariga ko'ra, APLdan birota jamoaning pastga «qulamasligi» ehtimoli katta, lekin Chempionshipning ikki etakchisi kuchlilar qatoriga qo'shiladi va keyingi mavsum Angliya elit divizionida ishtirokchilar soni 22ta bo'ladi. Umuman, boshqa chempionatlarda ham shunday yo'l tutilsa kerak agar finish marrasiga etish imkoni topilmasa. Bordiyu, mavsumning hozirgi holati rasman yakuniy natija sifatida olinsa, qaysi klublar pastga tushadi?
MAVSUM-2019/2020: LIGADAN TUShIB KETISh MASALASI
Ispaniya - «Malorka», «Leganes», «Espanol»
Angliya — «Bornmut», «Aston Villa», «Norvich»
Italiya - «Lechche», SPAL, «Breshiya»
Germaniya - «Verder», «Paderborn» (16-o'rin egasi «Fortuna» reglament bo'yicha «pley-off» o'yinida qatnashishi kerak, ammo...)
Frantsiya - «Amen», «Tuluza» (18-o'rin egasi «Nim» reglament bo'yicha «pley-off» o'yinida qatnashishi kerak, ammo...)
Agar chempionatlar shu holatida tugatilsa, unda eng kuchli 12ta ligada quyidagi futbolchilar bosh to'purar maqomini olishadi:
Ispaniya - Lionel Messi («Barselona»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - 5ta gol
Angliya - Jeymi Vardi («Lester»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - 2ta gol
Italiya - Chiro Immobile («Latsio»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - 6ta gol
Germaniya - Robert Levandovski («Bavariya»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - 4ta gol
Frantsiya - Kilian Mbappe («PSJ»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - yo'q. Vissam Ben-Yedder («Monako») hisobida ham 20ta gol bor, faqat Mbappeda o'yinlar soni 6ta kam
Rossiya - Artyom Dzyuba («Zenit»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - 2ta gol
Portugaliya - Karlos Vinisius («Benfika»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - 1ta gol
Belgiya - Jonatan Devid («Gent»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - yo'q. Dmersi Mbokani («Antverpen») hisobida ham 18ta gol bor, faqat Jonatanda o'yinlar soni 1ta kam
Ukraina - Junior Moraes («Shaxtyor»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - 4ta gol
Turkiya - Aleksander Serlot («Trabzonspor»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - 3ta gol
Niderlandiya - Stiven Bergxyuys («Feyenoord»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - yo'q. Sayrel Dessers («Xerakles») hisobida ham 15ta gol bor, faqat Sayrel hisobida o'yinlar soni 2ta kam
Avstriya - Shon Veysmann («Volfsberg»), eng yaqin ta'qibchi bilan farq - 5ta gol