Kaka turmada qolayotgan Ronaldinoni qo'llab-quvvatladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218
"Milan" klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kaka hozirda Paragvay turmasida qolayotgan Ronaldino tushib qolgan vaziyat haqida o'z fikrini bildirdi.
"Juda qayg'uli vaziyat. Ushbu vaziyat yuzasidan fikr bildirish uchun etarli ma'lumotga ega emasman. Lekin Ronaldinyu – mening do'stim. Uni bunday ahvolda ko'rish alamli. Umid qilaman, kelajakda Roni tabassum qilishda va futbol o'ynashda davom etadi", – dedi Kaka "AS" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, mayrt oyi boshida Paragvay politsiyasi Ronaldino va uning akasini soxta pasportdan foydalangani uchun hibsga olgan edi. Sud qaror e'lon qilinguncha ular turmada qolishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!