So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rodjers: «Mavsumni davom ettirish haqida gapiradigan payt emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215
Angliyaning «Lester» klubi bosh murabbiyi Brendan Rodjers hozir chempionatni qachondan davom ettirish kerakligi haqida gapiradigan payt emasligini aytib o'tdi.
«Men muntazam ravishda o'z futbolchilar bilan gaplashib turibman. Ularda hammasi o'z joyida ekanligini bilish men uchun muhim. Ayni paytda butun dunyo oddiy bo'lmagan hayotni boshdan kechirmoqda. Har bir inson ruhiy noqulaylikni boshdan kechirmoqda, 24 soat mobaynida uyda o'tirishga majbur bo'lmoqda. Ammo, o'z navbatida klub o'z futbolchilariga qo'ldan kelganicha yordam berishga harakat qiladi. O'ylashimcha, buni yigitlar sezishmoqda.
APLni tiklash haqida gapiradigan paytda emasmiz. Ayni paytda bizning vazifamiz insonlarning sog'lig'i haqida o'ylash. Qachonki koronavirus ustidan g'alaba qozonsak, shundan keyingina futbolga qaytamiz», — dedi Brendan Rodjers.