So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Italiyada mavsum chempioni kuzda aniqlanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 335
Italiya sport vaziri Vinchentso Spadaforaning ta'kidlashicha, A Seriya o'yinlari may oyida ham davom ettirilmasligi mumkin.
"Biz aprel oyining oxirida yoki mayda futbolni qayta boshlashimiz mumkin degan taxminlarni ilgari surgan edik, juda optimistik kayfiyatda edik. Ishonch bilan ayta olamanki, agar futbol musobaqalari yana davom ettirilsa ham, ular yopiq eshiklar ortida o'tkaziladi. Boshqacha o'ylashning iloji yo'q, ammo men ham Italiya chempionatining 3-mayda qaytishiga shubha qilyapman.
Yakuniy qarorni Italiya futbol federatsiyasi qabul qiladi, ammo ular faoliyatini may oyi boshida qayta boshlashlari dargumon. Federatsiya o'yinlarni yoz oxirigacha qoldirishga qaror qilishi mumkin, men iyul va avgust oylari uchun takliflarni o'qib chiqdim. Chempionni kuzda ham aniqlashimiz mumkin. Vaziyat murakkab", - deb vazir so'zlarini keltiradi "Rai 3" nashri.