Jahon chempionatidagi raqibimiz — Kongo DR Chiliga yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20377

Jahon chempionati–2026ga tayyorgarlik doirasida Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi Chiliga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Uchrashuv Ispaniyaning Kadis shahridagi «La Linea» stadionida bo'lib o'tdi. Birinchi taymda darvozalar daxlsiz qoldi, ikkinchi bo'limda esa janubiy amerikaliklar ustunlikni qo'lga oldi.
52-daqiqada Lukas Sepeda hisobni ochdi, keyin Matias Sepulveda ikkinchi golni kiritib, Chili ustunligini oshirdi. Kongo terma jamoasining yagona golini Yoris Kayambe urdi.
Natijada uchrashuv Chilining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
295