Rasman! «Real» Xulian Alvares uchun «Atletiko»ga 150 million evro taklif qilganini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 470

Madridning «Real» klubi rasmiy sayti orqali «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish uchun 150 million evro taklif qilinganini ma'lum qildi.
«Real Madrid» futbol klubi direktorlar kengashining bugungi yig'ilishi yakunlariga ko'ra, futbolchi Xulian Alvaresning transfer huquqlari uchun «Atletiko» Madrid klubiga 150 million evro taklif etganini ma'lum qiladi.
Ikki klub o'rtasidagi yaxshi munosabatlar doirasida bildirilgan ushbu taklif o'rganib chiqilganidan so'ng, «Atletiko Madrid» rahbariyati minnatdorlik bildirgan holda uni rad etdi. Bunga futbolchining shartnomasida belgilangan tovon puli miqdori sabab qilib ko'rsatildi», — deyiladi «Real» bayonotida.
O'tgan hafta «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres 9 iyun, seshanba kuni nomi oshkor etilmagan futbolchi uchun 150 million evro miqdorida taklif bilan chiqishini ma'lum qilgan edi.
Ma'lumot uchun, Xulian Alvaresning shartnomasida belgilangan tovon puli 500 million evroga teng.

Bosh sahifaga
236