Abate «Torino» bosh murabbiyiga aylanishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 628

Italiyalik murabbiy Inyatsio Abate «Torino»ni boshqarishga yaqin.
39 yoshli mutaxassis Roberto D’Aversa o'rniga «buqalar»ning yangi ustoziga aylanishga rozilik berdi.
Kutilishicha, Abate Turin klubi bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Avvalroq «Torino» Italiya terma jamoasining sobiq ustozi Jennaro Gattuzo bilan muzokaralar olib borgani xabar qilingandi.
Ta'kidlash joizki, Abate futbolchi sifatida 2008/09 yilgi mavsumda «Torino» sharafini himoya qilgan.
Ayni damda Abate «Yuve Stabiya»ni boshqarmoqda. Ushbu jamoa B Seriyada ettinchi o'rinni egallagan, biroq A Seriyaga chiqish uchun pley-offning yarim finalida «Montsa»ga imkoniyatni boy bergan.
Manba: www.euro-football.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220