Manchini Italiya terma jamoasi murabbiyi haqidagi savolni javobsiz qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Roberto Manchini Italiyaga qaytdi va u erda jamoatchilik tadbirlaridan biri — Circolo Canottieri Aniene’da ko'rinish berdi. Jurnalistlar undan terma jamoa boshqaruviga qaytishni juda xohlayotgani haqidagi so'nggi mish-mishlarga izoh berishini so'rashdi. Ammo Manchini bu savolga javob berishga tayyor emasligini bildirib, uni e'tiborsiz qoldirishni ma'qul ko'rdi.
«Italiya? Chet elda bo'lganingda Italiyani doim sog'inasan. Terma jamoa? Keyingi savolni bering, men bu erga terma jamoa haqida gapirish uchun kelganim yo'q», — deya Manchinining so'zlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Manchini qo'l ostida Italiya terma jamoasi 2021 yilda Evropa chempioni bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272