Arauxo «Inter» uchun juda qimmatlik qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Milanning «Inter» klubi «Barselona» bilan beqaror mavsumni o'tkazgan va jamoadagi kelajagi noma'lum bo'lib turgan urugvaylik himoyachi Ronald Arauxoga qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Biroq Arauxoning transferi «Inter» uchun moliyaviy jihatdan imkonsiz bo'lib chiqdi.
Italiyaning Corriere della Sera nashri xabariga ko'ra, «Barsa» 27 yoshli himoyachi uchun 50 million evro talab qilmoqda. Bu «Inter» uchun juda katta mablag' hisoblanadi, ayniqsa jamoaning Chempionlar ligasini erta tark etgani klub byudjetiga sezilarli zarba bergan bir paytda.
Vaholanki, milanliklar yaqinda o'z tarixida 21-bor Italiya chempioniga aylangan edi. Shunday qilib, Arauxoning Milanga kelishi amrimahol.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310