Manchini Gvardiola haqida: «Murabbiy bo'lish oson emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

«Manchester Siti»ning sobiq ustozi Roberto Manchini o'n yillik shonli va muvaffaqiyatli faoliyatidan so'ng klubni tark etayotgan Xosep Gvardiola haqida o'z fikrini bildirdi. Uning fikricha, Gvardiola o'n yil davomida maksimal kuchlanish talab qilgan ishdan biroz charchagan.
«U «Siti»da ko'p yillarni o'tkazdi va juda ko'p sovrinlar yutdi. G'alabalardan charchash mumkin deb o'ylamayman, lekin futbol murabbiyi bo'lish — bu oson kasb emas», — deya Manchinining so'zlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Manchinining o'zi so'nggi vaqtlarda Yaqin Sharqda faoliyat yuritayotgan edi, biroq mish-mishlarga ko'ra, u yana Italiya terma jamoasi boshqaruviga qaytishni orzu qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
344