O'zbekistonlik ikki sportchi BAAning Al-Ayn shahriga jo'nab ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14043
Slalomda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari Milliy olimpiya qo'mitasi strategiyasi asosida litsenzion musobaqalarga, Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik olib bormoqda.
Shu jumladan, slalomda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etmoqdalar.
Terma jamoa etakchilari Alibek va Jonibek Temirgalievlar 2-15 yanvar kunlari Toshkent dengizida mashg'ulotlar olib bordilar. Bugun esa ular tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini o'tkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Al Ayn shahriga jo'nab ketishdi.
Xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlarida yigitlarimiz murabbiy Izzatilla Rahmatullaev qo'l ostida shug'ullanadilar. Mazkur yig'in 4 martga qadar davom etadi.