So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bahrom Abdurahimov: "Mavsum startidagi kutilmagan durangni Jizzaxdagi o'yinda g'alaba bilan qoplamoqchimiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379
"Paxtakor"dan AGMKga transfer qilingan tajribali yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi va bir qator mavzular bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.
— "Paxtakor"dan AGMKga o'tish tarixi qisqa. Meni jamoada ko'rmoqchi bo'lgan bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning taklifiga binoan keldim. Ochig'i, bu taklif va qiziqishdan xursandman. Buyog'iga Mirjalol Qo'shoqovichning ishonchlarini oqlash va AGMKga nafim tegishi uchun bor kuchimni ishga solaman. AGMKdagi ko'plab futbolchilar bilan tanishligim va avval boshqa jamoalarda birga to'p tepganimiz uchun bir-birimizni bilamiz. Shu boisdan o'zaro chiqishib ketish, maydonda til topishish oson kechmoqda. Qisqa qilib aytganda, zo'r bollar yig'ilgan. Ular nafaqat kuchli futbolchi, balki yaxshi inson ham. Murabbiylar shtabi zo'r kollektivni yig'ishni uddasidan chiqishgan. Qachonki muhit a'lo bo'lsa, shunda ish unumdorligi oshadi, natija bo'ladi. O'ylaymanki, AGMK bilan yangi mavsumda belgilangan vazifa - OChL yo'llanmasini qo'lga kiritishga qodir. Xudo xohlasa bu vazifani amalga oshirib, olmaliqlik muxlislarni xursand qilamiz.
Mavsumning ilk o'yinida g'alabani nishonlashni uddasidan chiqolmadik. Biroz omad etishmadi. Xudo xohlasa Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi munosib o'yin ko'rsatib, mavsumdagi ilk g'alabani mehmonda nishonlashga harakat qilamiz. Shu orqali ilk o'yindagi durangni kelgusi uchrashuvdagi g'alaba bilan qoplamoqchimiz. "So'g'diyona"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rilmoqda.
Elkamda turgan mas'uliyatni his qilib turibman. Joriy yilgi mavsumda murabbiylar shtabi, rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlashga bor kuchimni sarflayman. AGMKga o'tganimdan xursandman va yil so'nggida butun olmaliqlik ishqibozlar ham jamoa natijalaridan quvonishlari uchun yil davomida mehnat qilamiz. AGMK nafaqat shunchaki bir jamoa, balki ahil kollektiv birlashgan holda chinakam oila sifatida shakllanmoqda.
Manba: AGMK matbuot xizmati