APL. «Manchester Siti» yirik hisobda g'alaba qozondi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14145
Angliya chempionatining 22-turi doirasida «Manchester Siti» o'z maydonida «Vulverxempton»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Gabriel Jezusning goli evaziga mezbonlar hisobni ochishdi. Oradan ko'p o'tmasdan "Vulverxempton" himoyachisi Boli maydondan chetlatildi.
Natijada "shaharliklar"ning ishi yanada engillashdi. Birinchi bo'lim tugashiga 6 daqiqa qolganida Jezus penaltidan unumli foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo'limda esa mehmon jamoa futbolchisi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.
Ushbu g'alaba tufayli "Manchester Siti" o'z ochkolarini 53taga etkazib oldi. Gvardoila jamoasi peshqadam "Liverpul"dan 4 ochko ortda qolayotgan bo'lsa, 3-o'rindagi "Tottenxem"dan 5 ochkoga o'tib ketdi.
APL, 22-tur
Manchester Siti – Vulverxempton 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Gabriel Jezus, 2:0 – 39, penalti Gabriel Jezus, 3:0 – 78, avtogol Koudi.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Laport, Danilo, Bernardu Silva, Fernandino, Silva (de Bryuyne, 62), Sterling, Gabriel Jezus (Aguero, 76), Sane (Gyundogan, 74).
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Bennett, Koudi, Boli, Doerti, Moutinyu (Gibbs-Uayt, 72), Ruben Nevesh, Dendonker, Kastro, Ximenes (Traore, 46), Diogu Jota (Saiss, 59).
Ogohlantirish: Fernandino (14).
Chetlatish: Boli (19).