Denis Istomin Avstraliyada Federerga qarshi o'yin o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8501
O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Avstraliya Ochiq chempionatining ilk davrasida shveytsariyalik Rojer Federerga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 59 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Denis raqibiga 3:6, 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ma'lumot uchun, Denis jahon reytingida 101, Federer esa 3-o'rinni egallab turibdi.
Endi Federer ikkinchi davrada Daniel Evansga qarshi kortga chiqadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!