Luis Enrike 2027 yil yozida «PSJ»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 626

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike 2027 yil yozida shartnomasi yakunlangach, Parij klubini tark etishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassis faoliyatida yangi sinovlarni istamoqda. Bu haqda Daily Express xabar bermoqda.
Avvalroq Frantsiya grandining sport direktori Luish Kampush 55 yoshli murabbiyning «PSJ»dan ketishi haqidagi ma'lumotlarni asossiz, deb atagan edi.
Luis Enrike 2023 yil yozidan buyon Parij jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. Uning rahbarligi ostida «PSJ» Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogida g'alaba qozondi va ikki marta Frantsiya chempioni bo'ldi.
Liga 1 joriy mavsumining 17 turidan so'ng Enrike jamoasi 39 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340