«MYu» uchun Palmerni «Chelsi»dan sotib olish qancha tushishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 526

«Manchester Yunayted» «Chelsi» hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmerni transfer qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Manbaning xabar berishicha, Palmer uchun transfer summasi 100 mln evrodan yuqori baholanadi.
Shuningdek, manba ma'lumotiga ko'ra, futbolchini «qizil iblislar» saflariga olib o'tish klubning transfer rekordini yangilashi mumkin. Hozirgi rekord Pol Pogbani 2016 yili «Yuventus»dan sotib olish bo'yicha 105 mln evro miqdorida qayd etilgan edi.
Palmer «Chelsi» safida 2023 yildan buyon o'ynaydi. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2033 yil yozigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Palmerning bozor qiymati 120 mln evroni tashkil qiladi.

Bosh sahifaga
455