«Manchester Siti» Angliya kubogida «Liverpul»ning g'alabali seriyasi rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1313

«Manchester Siti» klubi Angliya kubogining 3-bosqichida uchinchi ligada ishtirok etuvchi «Ekseter Siti» ustidan yirik g'alabaga erishdi.
«Etixad» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv Xosep Gvardiola jamoasining 10:1 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya kubogida o'z maydonidagi ketma-ket g'alabalar bo'yicha «Liverpul»ga tegishli rekordni takrorladi — 16 ta o'yin (2015 yildan beri).
«Liverpul»da mazkur seriya 1939–1955 yillar oralig'ida davom etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
378