Manba: Mario Balotelli yangi klub bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 566

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettiradi. Jurnalist Janluka Di Martsioning ma'lumotiga ko'ra, tajribali forvard Dubayning «Al-Ittifoq» klubiga o'tish bo'yicha kelishuvga erishgan.
35 yoshli futbolchi 2025 yil iyul oyida «Jenoa»dan ketganidan so'ng jamoasiz qolgan edi. Bir necha oylik tanaffusdan keyin Balotelli «Al-Ittifoq» bilan ikki yarim yillik shartnoma tuzdi. Ayni paytda ushbu jamoa Saudiya Arabistoni Birinchi ligasi — mamlakatning kuch jihatdan ikkinchi divizioni turnir jadvalining so'nggi pog'onasida joylashgan.
Ma'lum qilinishicha, transfer rasmiy ravishda 12 yanvar kuni rasmiylashtirilishi mumkin. Ta'kidlash joizki, 2025 yil kuzida klub prezidenti lavozimini egallagan Petro Latertsa uchun Balotellining transferi ilk transfer hisoblanadi.
O'tgan mavsumda hujumchi maydonga kam tushgan: u olti o'yinda qatnashib, jami 56 daqiqa harakat qildi, natijali harakatlar qayd etmadi va ikki sariq kartochka oldi.

Bosh sahifaga
407