Vlaxovich Italiyaning boshqa bir grand klubi nishoniga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 778

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda La Sampa xabar berdi.
Manbaga ko'ra, serbiyalik futbolchini "Inter" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Milanliklar hujumchining transferini shu yilning yozida, futbolchi erkin agentga aylanganida rasmiylashtirishi mumkin.
Dushan Vlaxovich 2022 yilda "Fiorentina"dan 83 mln evro evaziga "Yuventus"ga o'tgandi. Hujumchi joriy mavsum 17 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
U jiddiy jarohat sabab mart oyigacha safdan chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
406