Afrika kubogida barcha yarim finalchilar aniq bo'ldi. Juftliklar bilan tanishing
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Afrika Millatlar Kubogi-2025 yarim final juftliklari ma'lum bo'ldi.
So'nggi yarim finalchi Misr terma jamoasi bo'ldi. Chorak finalda misrliklar Kot-d'Ivuarni mag'lub etdi (3:2) va turnir finaliga chiqish uchun Senegalga qarshi o'ynaydi.
Yana bir juftlikda Nigeriya va Marokash terma jamoalari to'qnash keladi. Ikkala o'yin ham 14 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Afrika Kubogi-2025 2025 yil 21 dekabrdan 2026 yil 18 yanvargacha Marokashda bo'lib o'tmoqda. 2024 yilda Kot-d'Ivuar terma jamoasi turnir g'olibi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364