Kilian Mbappe Superkubok finali oldidan «Real» umumiy guruhida mashg'ulot o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe 10 yanvar kuni jamoaning qolgan futbolchilari bilan birga mashg'ulot o'tkazdi, deya xabar bermoqda Madrid klubi sayti.
11 yanvar kuni "Real" Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" bilan o'ynaydi. Uchrashuv Saudiya Arabistonidagi "King Abdullah Sports City" stadionida bo'lib o'tadi.
Mbappe jarohati tufayli "Real"ning La Liga doirasida "Betis"ga (5:1) va Superkubok yarim finalida "Atletiko"ga (2:1) qarshi so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yuborgandi. Bu mavsumda 27 yoshli frantsuz barcha musobaqalarda 24ta o'yin o'tkazib, 29ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
370