Tedesko «Fenerbahche»ni uzoq kutilgan chempionlikka etakladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 652

Domeniko Tedesko boshchiligidagi "Fenerbahche" Turkiya Superkubogi finalida "Galatasaroy"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Yarim himoyachi Matteo Genduzi Istanbul klubidagi debyut o'yinida g'alaba golini urdi. Frantsuz shu hafta "Latsio"dan ko'chib o'tgandi.
"Fenerbahche" uchun bu 2023 yildan beri birinchi sovrin - o'shanda ular Turkiya kubogini qo'lga kiritgan.
Shuningdek, bu Tedesko uchun murabbiylik faoliyatidagi ikkinchi sovrindir. 2022 yilda belgiyalik mutaxassis "Leyptsig" bilan Germaniya kubogini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355