Joan Laporta «Barsa» va «Real» o'rtasidagi munosabatlar qanday ekanligini ochiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 601

"Barselona" prezidenti Joan Laporta o'z klubi "Real" bilan juda yomon munosabatda ekanini aytdi.
Laporta Ispaniya Superkubogi finali munosabati bilan Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) tomonidan tashkil etilgan tushlikda ishtirok etdi.
"Madridning "Real" klubi bilan munosabatlar juda yomon va hozirda barbod bo'lgan. Ularni har doim tiklash mumkin, ammo hozir vaziyat shunday," - dedi Kataloniya klubi rahbari.
"Barselona" va "Real" Ispaniya Superkubogi finalida to'qnash keladi. Uchrashuv ertaga, 11 yanvar kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369