Neymar «Real» o'yinchisini dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi deb atadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 661

Avvaliga «Barselona» safida to'p surgan, hozirda Braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi hisoblangan Neymar «Real» yarim himoyachisini o'z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshisi deb tanladi.
«Menimcha, Arda Gyuler — dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi», — deya Neymarning so'zlarini X ijtimoiy tarmog'idagi Total Cristiano akkaunti keltirmoqda.
Arda Gyuler 2023 yil iyul oyidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda turkiyalik futbolchi barcha musobaqalarda klub safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Yarim himoyachining «Qirollik klubi» bilan shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.
Milliy terma jamoa safida esa Gyuler 5 ta o'yinda 1 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt nufuzli internet-portali futbolchining transfer qiymatini 90 million evro deb baholamoqda.

Bosh sahifaga
357