Zlatan Ibrahimovichning o'g'li «Milan»dan «Ayaks»ga o'tmoqda — Fabritsio Romano
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 538

«Milan» yoshlar jamoasi hujumchisi Maksimilian Ibrahimovich faoliyatini Niderlandiyada davom ettiradi. Insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi Amsterdamning «Ayaks» klubiga o'tmoqda.
Manbaga ko'ra, shved futbolchisi yangi jamoaga sotib olish huquqi bilan ijara asosida qo'shiladi. Shuningdek, bitimning bir qismi sifatida futbolchining kelajakdagi qayta sotuvidan foiz «Milan» ixtiyorida qoladi.
2025/2026 mavsumida Ibrahimovich «Milan»ning 23 yoshgacha bo'lgan jamoasi tarkibida D Seriya doirasida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan.
Maksimilian Ibrahimovich Shvetsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning o'g'li hisoblanadi. Zlatan o'z vaqtida ham «Ayaks», ham «Milan» sharafini himoya qilgan.

Bosh sahifaga
356