Temmi Abraxam APLga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

"Aston Villa" Premer-liga turnir jadvalining yuqori qismida qolish maqsadida tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda. The Telegraph nashriga ma'lum bo'lishicha, Birmingem klubi hujum chizig'iga Temmi Abraxamni qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"Villa" Olli Uotkinsga raqobatni kuchaytirish uchun Abrahamni taklif qilishi mumkin. Shu bilan birga, Temmining transferini amalga oshirish oson bo'lmaydi. Chunki "Beshiktosh" ingliz forvardini yozda "Roma"dan ijaraga olgandi, shartnomada esa ma'lum shartlar bajarilgan taqdirda sotib olish imkoniyati ko'rsatilgan.
"Aston Villa" APL jadvalida 3-o'rinda bormoqda va 1-o'rindagi "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
301