Vinisiusni o'z safida ko'rishni istagan APL klubi bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 585

"Real" hujumchisi Vinisius faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Fichajes nashri xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Madridliklar o'z futbolchisini faqat 150 million evro atrofida sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor.
Vinisius Junior 2018 yilda "Flamengo"dan 45 million evro evaziga "Real"ga o'tgan edi. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Hujumchi joriy mavsum Madrid klubi safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Vinisiusning narxini 150 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310