"Latsio" himoyachisi "Beshiktosh" va "Zenit" o'rtasida tanlov qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 637

"Zenit" "Latsio" himoyachisi Nunu Tavareshni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Mustafo Karatash xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Neva klubi rimliklarga futbolchi bo'yicha taklif bilan chiqqan. Ammo "Latsio" transfer uchun katta summa talab qilmoqda. Gap shundaki, Tavareshning transfer summasining 35 foizini Italiya klubi "Arsenal"ga berishi kerak. Futbolchining o'zi esa "Beshiktosh"ga o'tishni istamoqda. Shuningdek, himoyachini "Al-Ittihod" ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Nunu Tavaresh "Arsenal"dan "Latsio"ga o'tgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 mln evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334