"Bavariya" futbolchisi o'z xizmatlarini "Real"ga taklif qildi. "Qirollik klubi"ning javobi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

Leon Goretskaning "Bavariya" bilan mehnat shartnomasi yozda yakunlanadi. DefensaCentral xabariga ko'ra, futbolchi yangi shartnoma imzolashni istamayapti.
Qayd etilishicha, yarim himoyachi o'z nomzodini "Real"ga taklif qilgan. Ammo madridliklar Goretskani o'z safiga qo'shib olishdan bosh tortdi. "Bavariya" xavbeki "qaymoqranglilar"ning strategiyasiga kirmaydi.
Leon Goretska "Bavariya" safida jami 287 ta uchrashuv o'tkazgan. Ularda futbolchi 46 ta gol urdi va 48 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 15 mln evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
399