"Barsa" Superkubok finalida aynan "Real" ishtirok etishini istagan (Mundo Deportivo)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

"Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real" bilan to'qnash kelishidan xursand.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Kataloniya klubi kiyinish xonasida madridliklar bilan o'ynashni afzal ko'rishgan. Asosiy sabab - raqibning saviyasidan ko'ra, emotsional zaryad va "Bernabeu"dagi so'nggi klasikodagi mag'lubiyat uchun o'ch olish istagi (1:2).
Klub rahbariyati orasida fikrlar xilma-xil edi. Umuman olganda, jamoada printsipial raqibga qarshi o'ynash va mavsumning birinchi sovrinini aynan shunday o'yinda qo'lga kiritish uchun alohida motivatsiya bor.
Ispaniya Superkubogi finali 11 yanvar kuni Jiddada bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
401