"Arsenal" "Real" yulduzi uchun 80 mln evro tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 402

"Arsenal" tarkibni kuchaytirishga bel bog'lagan. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta muntazam ravishda klub bozorda imkoniyatlar paydo bo'lsa, ulardan foydalanishi kerakligini ta'kidlaydi.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "Arsenal" allaqachon "Real" yarim himoyachisi uchun taklif tayyorlamoqda. "To'pchilar" Arda Gyulerni o'z safida ko'rishni istamoqda. Taklif 80 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.
Arda Gyuler joriy mavsum 27 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 3 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo'yishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355