"PSJ"ning ispaniyalik yarim himoyachisi jamoani tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

Frantsiyaning "PSJ" klubi sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Fabian Ruis faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko'ra, xavbek xizmatiga Istanbulning "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirmoqda. Turkiya grandi futbolchini mavsum yakuniga qadar keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
29 yoshli yarim himoyachining parijliklar bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining bozor narxi 40 million evroni tashkil qiladi.
Fabian joriy mavsum Liga 1da 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
462