"Bavariya" direktori Noyerning shartnomasi haqidagi savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 932

Myunxenning "Bavariya" klubi sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan futbol funktsioneri Maks Eberl jamoa darvozaboni Manuel Noyerning kelajagi haqida fikr bildirdi. Darvozabonning shartnomasi shu yilning yozida tugaydi.
"Noyer klub uchun ko'p ish qildi. U yaqinda 40 yoshga to'ladi va Manuel hamon yuqori saviyada o'ynamoqda. Biz muzokaralar stoliga o'tirib, shartnomani muhokama qilamiz," - deya klub vakilining so'zlarini keltiradi Bayern&Germany.
Eslatib o'tamiz, Noyer 2011 yilning yozidan beri Myunxen grandi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
457